«Uzbekistan Airways» iyun oyidan Nukusdan Olmaotaga parvozlarni boshlaydi

eʼlon qilindi
Chiptalar narxi 1 mln so‘mdan boshlanadi
Фото: BoneKot/Depositphotos

«Uzbekistan Airways» kompaniyasi iyun oyi boshidan «Nukus – Olmaota» yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Transport vazirligi.

Parvozlar haftasiga ikki marta – chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Chiptalar narxi 1 mln so‘mdan boshlanadi. Ikki shahar orasidagi parvoz davomiyligi taxminan ikki soatni tashkil qiladi.

Yo‘lovchilarni tashish uchun «Airbus 320 Neo» layneridan foydalaniladi. Ushbu modeldagi samolyotlar konfiguratsiyaga qarab 156 dan 236 gacha odamni tashishga mumkin.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi o‘rtalarida Qoraqalpog‘istonda turizm industriyasini rivojlantirish doirasida «Uzbekistan Airways» ham Nukusdan Istanbulga parvozlarni boshlagan edi.

Avvalroq «Kursiv» may oyi boshida «Air Marakanda» va «Utair» aviakompaniyalari Samarqanddan Tyumenga reyslarni yo‘lga qo‘ygani haqida yozgan edi.

Shuningdek