Apple yangi iPad Air va Pro taqdimotini oʻtkazdi

eʼlon qilindi
Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.
Foto: Reuters

Amerikaning Apple texnologik kompaniyasi yangi iPad Pro planshetining taqdimotini oʻtkazdi. Qurilma protsessorning soʻnggi versiyasi — M4 chipi bilan jihozlangan boʻlib, u sun’iy intellekt (SI) bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga moʻljallangan. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.

Bundan tashqari, iPad Pro yanada yupqaroq qilib ishlanib, planshet Ultra Retina XDR OLED ekraniga ega. Apple 2018-yildan beri birinchi marta oʻzining Pro qurilmalar qatorini yangiladi.

Foto: Apple

Shuningek, kompaniya yana bir planshet modeli iPad Airʼni ham taqdim etdi. Qurilma M2 chip, koʻproq xotira hamda kattaroq ekranga ega. Ikkala model uchun ham asosiy xotira 128 gigabayt, maksimali 1 terabaytni tashkil qiladi.

11 dyuymli Air modeli 599 dollardan, 13 dyuymlisi esa 799 dollardan boshlanadi. Kompaniya 7 maydan boshlab buyurtmalarni qabul qilmoqda, qurilmalar 15-maydan sotuvga chiqariladi.

Avvalroq «Kursiv» Apple aksiyalari sun’iy intellektning sust joriy etilishi tufayli arzonlashayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek