Dehlidan Chikagoga uchayotgan samolyot Toshkentga qo‘ndi

eʼlon qilindi
Sababi — yo‘lovchilardan birining sog'ligi yomonlashdi
Foto: IrinaZharkova31 /www.depositphotos.com

«Air India» aviakompaniyasining Dehlidan Chikagoga bo‘lgan AI-127 reysi Toshkentga yo‘naltirildi, deb xabar berdi «Novosti Tashkentskogo Neba» nomli Telegram-kanali.

Ekipaj yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli samolyotni Toshkentga qo‘ndirishga qaror qildi.

Aeroportga shifokorlar va tez yordam mashinasi yetkazildi.

Avvalroq «Kursiv» mart oyida kuchli qor tufayli Samarqand aeroportiga uch samolyot qo‘na olmagani haqida yozgan edi.

Shuningdek