Eng koʻp millioner yashaydigan shaharlar reytingi e’lon qilindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2024-yilgi dunyo reytingida 1-oʻrinni Nyu-York egalladi
Foto: Art2002 / depositphotos.com

Henley & Partners kompaniyasi New World Wealth tahliliy kompaniyasi bilan birgalikda «Dunyodagi eng boy shaharlar – 2024» hisobotini taqdim qildi.

Unga koʻra, Amerika Qoʻshma Shtatlarining 11 ta shahri millionerlar yashashi boʻyicha dunyoning Top-50 ta shahri roʻyxatidan joy oldi. 2024-yilgi dunyo reytingida 1-oʻrinni Nyu-York egalladi. Shahar aholisining umumiy boyligi hozirgi kunda $3 trilliondan koʻproqni tashkil qiladi. Bugungi kunda Nyu-Yorkda 349 500 millioner, 744 senti-millioner hamda 60 milliarder istiqomat qiladi.

Ikkinchi oʻrindan Amerikaning yana bir shahri San-Fransisko (305 700 millioner) joy oldi. Kuchli uchlikni Yaponiya poytaxti Tokio (298 300 millioner) yakunlab berdi.

Skrinshot: Henley & Partners

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston kambagʻal davlatlar reytingida nechanchi oʻrinda ekanligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek