Oʻzbekistonda qancha yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yangiliklar muharriri
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan hisoblab chiqildi
Foto: Muqimjon Qodirov / UzA

1-may holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 274,7 mingta yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat koʻrsatmoqda. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi (DSQ) xabar berdi.

Qayd etilishicha, ularning 83,5 foizi qat’iy belgilangan miqdorda daromad soligʻi toʻlaydi. Shuningdek, tadbirkorlarning yana 15,5 foizi aylanmadan olinadigan soliq, 1 foizi esa QQS toʻlaydi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning koʻpchiligi chakana savdo bilan shugʻullanadi (131,4 ming). Tadbirkorlarning 23 ming nafari hunarmand, 28,4 ming nafari maishiy xizmat koʻrsatish hamda 91 ming nafari boshqa sohalarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda joriy yilning 1-aprelidan boshlab oʻzini oʻzi ish bilan ta’minlagan fuqarolarning yillik daromadi 100 million soʻmdan oshsa, ularni soliqqa tortish tartibi 4 foiz stavkada belgilanishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek