Yangiliklar

Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralar $918 mlnga ortdi

Zaxiraning ko‘payishi oltin hisobiga yuz berdi
Foto: Unsplash

Aprel oyi yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston xalqaro zaxiralarning umumiy qoldigʻi $918 mlnga koʻpayib, $35,1 mlrdni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Unga koʻra, zaxiralarning valyuta qismi mart oyi yakunlariga qaraganda $238,6 mlnga kamayib, $8 mlrdni tashkil qildi.

Zaxira ko‘payishining asosini tashkil qilgan oltinning hajmi oʻtgan oyga qaraganda oʻzgarishsiz 11,5 mln troy unsiya miqdorda saqlanib qoldi. Lekin oltin narxining keskin qimmatlashi sabab mart oyiga qaraganda $1,16 mlrdga oshirib, $26,5 mlrd tashkil qildi.

Maʼlumot uchun, Markaziy bank tomonidan 1-aprel holatiga koʻra, 5 grammlik oltin narxi 4717000 soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, 30-aprel holatiga kelib 4901000 soʻmdan sotildi. Ushbu ma’lumotlardan foydalanib, siz oltinning oy davomida qanday ko‘tarilganini ko’rishingiz mumkin.

Avvalroq «Kursiv» oltin narxi Yaqin Sharqdagi mojarolar tufayli yuqori darajaga chiqqani haqida xabar bergan edi.