OʻzR suv xoʻjaligi vaziri: Bu yil Amudaryo va Sirdaryoda suv hajmi yuqori boʻladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yangiliklar muharriri
Sirdaryoda 85-90 foiz, Amudaryoda esa 90-95 foizgacha suv bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Rasm: O‘zA

O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev mintaqadagi suv resurslari bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda yog‘ingarchilik tufayli Amudaryo va Sirdaryoda suv hajmi yuqori bo‘ladi.

«Darhaqiqat, 5 ta davlat suv limitlarini o‘zaro kelishadi. Oxirgi yig‘ilishimiz Chimkentda bo‘lib o‘tdi. Unda suv havzalaridagi suv holati muhokama qilindi. Bu yilgi yog‘ingarchiliklar natijasida Amudaryo va Sirdaryo daryolarida suv hajmi yaxshi bo‘lishi bashorat qilinyapti. Hozirgi holatda o‘tgan yilgi daraja kutilyapti. Ko‘p yillik me’yorlarga nisbatan esa Sirdaryoda 85 – 90 foiz, Amudaryoda 90 – 95 foizgacha suv bo‘lishi bashorat qilinmoqda. Bugungi kunda suv omborlarimizda o‘tgan yilga nisbatan 1,5 milliard kub ortiqcha suv zaxirasi yaratilgan», dedi vazir. 

Avvalroq «Kursiv» Yevropa taraqqiyot banki bosh iqtisodchisi Yevgeniy Vinokurov 5-6 yildan keyin Markaziy Osiyoda suv tanqisligi surunkali holatga kelishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek