Ta’lim granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Shuningdek, oʻqishga kirish uchun minimal oʻtish bali oshirildi
Foto: HayDmitriy / depositphotos.com.

Davlat granti asosida oʻqigan bitiruvchilarning oʻqishni tugatgandan keyin 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. Bu haqda bugun, 8-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-ragʻbatlantiruvchi grant shaklida ajratiladi. Bunda ta’lim granti talabalarga bir oʻquv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda oʻqishga kirish natijalari boʻyicha, 2-kursdan boshlab reyting koʻrsatkichlari boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan talabalarga ajratiladi.

Shuningdek, oʻqishga kirish uchun minimal oʻtish bali 2 bosqichda oshirilib, sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yoʻnalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yoʻnalishlar uchun – 56,7 ball).

Avvalroq «Kursiv» oʻzbekistonlik talabalar va maktab oʻquvchilariga Yaponiyada oʻquv kurslari joriy etilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek