Toshkent shahrining Yashnobod tumanida mebel sexi yonmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun 11 ta o‘t o‘chirish brigadasi jalb etildi
Foto: Pixabay

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 8-may kuni yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Yong‘in soat 11:25 da Muxtor Ashrafiy ko‘chasida joylashgan mebel sexida sodir bo‘lgan. Favqulodda vaziyatga qarshi kurashish uchun 11 ta maxsus guruh yuborildi.

«Hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda», deyiladi xabarda.

Boshqarma ma’lumotlariga koʻra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Avvalroq «Kursiv» 10-aprel kuni Toshkentdagi «Yangiobod» bozorida yong‘in sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek