Mirziyoyev: Rossiyaning qudratiga yana bir bor guvoh boʻldim

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Moskvadagi G'alaba paradidan fotosuratlar va videolar
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

«Rossiyaning qudratiga yana bir bor guvoh boʻldim», – dedi Oʻzbekiston prezidenti Mirziyoyev Qizil maydondagi Gʻalaba paradi haqida.

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

«Ko‘plab tarixiy dalil va misollar O‘zbekiston xalqi buyuk g‘alabaga munosib hissa qo‘shganini yaqqol tasdiqlaydi.

Dahshatli urush boshlangan birinchi kunlardanoq yurtdoshlarimiz fashizmga qarshi mardona kurashga otlandi. O‘sha paytda respublikamiz aholisi 6,5 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, shundan 1 million 950 mingdan ortig‘i yovuz dushman bilan yuzma-yuz bo‘lib qonli janglarda ishtirok etgan. Bu botir va dovyurak o‘g‘lonlarning 538 mingdan ziyodi jang maydonlarida halok bo‘lgan. 158 ming nafardan ko‘prog‘i bedarak ketgan.

O‘zbekistonlik askar va ofitserlardan 214 ming nafardan ziyodi jangovar orden va medallar bilan taqdirlangan. Jumladan, 301 nafar yurtdoshimiz Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga, 70 nafari esa uchala darajadagi «Slava» ordeniga sazovor bo‘lgan.

Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonlik ofitserlar orasidan o‘nlab generallar, mohir qo‘mondonlar yetishib chiqqan», — deya ta’kidladi prezident matbuot xizmati.

Shuningdek