O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Tadbirga yana sakkiz davlat rahbarlari kelgan
Фото: Скриншот

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya rahbari Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskva shahrida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.

Undan tashqari tadbirda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Tokayev, Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes, Laos prezidenti Tongloun Sisulit, Gvineya-Bisau prezidenti Oumaru Sissoku Embalo ham ishtirok etdi.

Parad yakunida Mirziyoyev va boshqa davlatlar rahbarlari Aleksandr bog‘idagi Noma’lum askar qabriga gulchambar qo‘ydi.

Shuningdek