Qozog‘iston o‘zbekistonliklarni Rossiyaga kirishiga taqiq bor-yo‘qligini tekshiradi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Bu haqida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi
Foto: Mixail Tereshenko / TASS

Qozog‘iston chegarasida o‘zbekistonliklarni Rossiyaga kirishiga taqiq bor-yo‘qligi tekshiriladi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘iston bilan chegarani kesib o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolariga barcha kerakli hujjatlarni o‘zlari bilan olib borishni tavsiya qildi.

«O‘zbekiston – Qozog‘iston yoki Rossiya – Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishda nafaqat Qozog‘istonga, balki Rossiya Federatsiyasiga ham kirishda hech qanday to‘siqlar yo‘qligiga oldindan ishonch hosil qilish lozim, chunki Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi ma’muriy va jinoiy ishlar bo‘yicha qarorlarni o‘zaro tan olish va ijro etish to‘g‘risidagi kelishuvlarga muvofiq Qozog‘istonning vakolatli organlari Rossiya Federatsiyasining migratsiya va boshqa qonun hujjatlarining buzilishi yoki to‘lanmagan jarimalar mavjudligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadilar», deyiladi TIV xabarida.

Agar Rossiyada bo‘lish davrida qayd etilgan qoidabuzarlik yoki to‘lanmagan jarima aniqlansa, Qozog‘iston hukumati O‘zbekiston fuqarosining Qozog‘istonga kirishi yoki chiqishini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

Rossiyaga kirishga taqiq bor-yo‘qligini Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya boshqarmasi saytida — «Xizmatlar» bo‘limida tekshirish mumkin.

Shuningdek