UzAirways Samarqanddan Nijniy Novgorodga parvozlarni yoʻlga qoʻydi
eʼlon qilindi
Parvozlar haftada bir marta amalga oshiriladi

9-may kuni UzAirways Samarqand aeroportidan ilk bor Nijniy Novgorodga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys amalga oshirildi.
Samarqanddan Nijniy Novgorodga parvozlar haftada bir marta, payshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Samarqanddan uchish soat 09:20, Nijniy Novgorodga yetib kelish soat 11:10.
Nijniy Novgoroddan uchish 12:30, Samarqandga yetib kelish 18:00.
Har bir aeroport uchun vaqt mahalliy hisoblanadi. Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida, shuningdek, Samarqand xalqaro aeroportidagi 24 soatlik kassada xarid qilish mumkin.
Avvalroq 9-may bayrami munosabati bilan Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.