Xotira va qadrlash kuni respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi

eʼlon qilindi
Qor koʻchishi xavfi bor
Rasm: Piqsels

Bugun, 9-may kuni respublikaning aksariyat hududlarida havo bulutli bo‘lishi ehtimoli bor. Buxoro, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin. Kuchli shamol tufayli chang-to‘zon ko‘tarilishi ehtimoli bor. Havo harorati 24-29 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi «O‘zgidromet».

Poytaxtda havo bulutli bo‘ladi. Kechasi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduzi 27-29 daraja iliq, kechga borib 18-20 iliq bo‘ladi.

Togʻli hududlarda havo harorati biroz bulutli boʻladi. Togʻlar tepaligida qor koʻchishi xavfi bor. Havo harorati kunduzi 12-17 iliq va kechasi 7-12 daraja iliq bo‘ladi. 

Shuningdek