Yangiliklar

Toshkentda tashkil etilgan noqonuniy poygada bir kishi halok bo‘ldi

Bu haqda Toshkent shahar Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Toshkent shahri YHB

Toshkent shahrining Sergeli tumanida sodir boʻlgan YTH oqibatida bir kishi halok boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 9-may kuni soat 17:00 larda Sergeli tumani Qumariq koʻchasi Avtotuning ustaxonasi qarshisida haydovchi KIA Stinger rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan. YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilganda vafot etgan. Ijtimoiy tarmoqlarda poygada halok bo‘lgan shaxs avtobloger ekani haqida xabar tarqaldi.

Internetda tarqalayotgan videolarda ikki mashina oʻrtasida poyga tashkil etilgani va katta tezlikda kelgan mashinalardan biri oʻz yoʻlida turgan fuqaroni urib yuborganini koʻrish mumkin.

Rasm: videodan skrinshot

Avvalroq «Kursiv» Mahtumquli koʻchasida 15 ta mashina ishtirokida yirik YTH sodir boʻlgani haqida xabar bergan edi.