O‘zbekiston elchixonasi Dehli aeroportida 5 kg oltin bilan ushlangan fuqarolar ishi bo‘yicha tergovni o‘z nazoratiga oldi

eʼlon qilindi
Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi
Foto: bashta/Depositphotos

2024-yilning 6-may kuni Dubaydan Dehliga uchib kelgan ikki nafar oʻzbekistonlik fuqaro tilla quymalarini Hindiston hududiga noqonuniy yoʻl bilan olib kirishga urinayotganda qoʻlga olindi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekistonning Dehlidagi elchixonasi tomonidan fuqarolarimiz bilan bogʻliq surishtiruv jarayoni nazoratga olingan. Shuningdek, vaqtincha hibsga olingan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv oʻtkazish choralari koʻrilmoqda.

Oldinroq Dehli bojxona xizmati Dubaydan uchgan Oʻzbekiston fuqarolari Dehli aeroportida 5 kilogramm ($37,8 minglik) oltin quymalarini Hindistonga noqonuniy olib kirishga uringani haqida xabar bergan edi.

Diplomatik missiya vatandoshlarimizdan xorijga, jumladan, Hindistonga safar qilish chogʻida chet davlatlar qonunchiligi talablariga qat’iy rioya qilishga, turli shubhali guruhlar yoki shaxslarning yolgʻon va’dalariga aldanib qolmaslikka chaqirdi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Markaziy banki fevral oyida eng koʻp oltin sotgan tashkilotga aylangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek