O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi qayerda hisobvaraq ochdi

eʼlon qilindi
Endi tashkilot uchun yangi imkoniyatlar ochildi
Rasm: O‘zbekiston Markaziy banki

O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi mamlakat Markaziy bankida vakillik hisobvarag‘ini ochdi, deyiladi mazkur moliya tashkiloti saytida.

Operatsiya depozitariyga kapital bozorida qisqa muddatli hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beradi. Markaziy bank bu investorlar huquqlarini yanada samarali himoya qilish va moliya sektori infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qilishini qayd etdi.

Depozitariy tomonidan Markaziy bankda hisobvaraq ochish O‘zbekiston prezidentining «Kapital bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 1-yanvar holatiga Markaziy depozitariy 189,7 trln so‘mlik aksiyalar chiqarilishini ro‘yxatga olgan.

Shuningdek