Qancha mehnat migrantlari Oʻzbekistonga qaytib kelgani ma’lum qilindi

eʼlon qilindi
Bu haqda 10-may kuni prezident raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi
Foto: UzAirways

2024-yilning yanvar-mart oylarida mehnat migratsiyasidan 58 ming nafar, aprelda 57 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelgan. Yil oxirigacha yana 250–300 ming nafari qaytishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda 10-may kuni prezident raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yigʻilishida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, davlat rahbari bandlik va aholi daromadi masalasi birinchi darajali ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ta’kidlab, bu borada oqsoqlikka yoʻl qoʻyib boʻlmasligi haqida barcha rahbarlarni ogohlantirdi.

Shuningdek, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelganlarni ishga joylashtirish, ijtimoiy masalalariga koʻmaklashish muhimligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga migratsiya boʻyicha yagona axborot platformasini yaratib, «mahalla yettiligi» tizimi bilan integratsiya qilish, xorijda mehnat qilayotgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizga koʻmaklashish, qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Avvalroq «Kursiv» Shavkat Mirziyoyev charm sohasidagi loyihalar yetarlicha yoʻlga qoʻyilmaganini tanqid qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek