«General Motors» 2024-yil noyabr oyida koʻplab avtomobil bozorlarida mashhur boʻlgan Chevrolet Malibu rusumli avtomobilini ishlab chiqarishni toʻxtatishini rasman e’lon qildi.
Qayd etilishicha, hozirgi paytda ushbu avtomobil ishlab chiqarilayotgan Fairfax zavodi yangi avlod Bolt elektr xetchbeklari uchun ixtisoslashtiriladi hamda asosiy e’tiborini elektromobillar bilan chiqarishga qaratadi.
GM 1964-yildan boshlab ushbu rusumdagi avtomobillarni chiqarib kelayotgan edi. Oʻtgan davr mobaynida ushbu model 10 milliondan ortiq sotilgan.
Ma’lumot uchun, 2012-yildan boshlab Oʻzbekistonda ham Chevrolet Malibu avtomobilini yigʻish boshlangan edi.
Avvalroq «Kursiv» Kia K5 narxi oshirilgani haqida xabar bergan edi.