IT Park 100 dan ortiq kompaniyalarning rezident maqomini bekor qildi

eʼlon qilindi
Majburiyatlarni bajarmaganligi sababli
Rasm: Roman Fedotov / Kursiv

2024-yil boshidan buyon 101 ta kompaniya IT-Park rezidenti maqomini yo‘qotdi, deb xabar berdi texnoklaster matbuot xizmati.

Maqomning bekor qilinishiga IT Park tomonidan belgilangan majburiyatlarning bajarilmagani sabab bo‘ldi. Bularga har chorakda hisobot berish va yillik audit o‘tkazish kiradi.

Texnoklaster oʻz majburiyatlarini buzgan rezidentlar tegishli maqom va soliq imtiyozlaridan mahrum etilishini ta’kidladi.

Eslatib oʻtamiz, mart oyida oʻz xizmatlarini eksport qiluvchi 37 ta kompaniya IT Park rezidenti boʻlishdi. Ular orasida: Yaponiyaning TOYBEEZ va H AND K GROUP IT-kompaniyalari. Shu bilan birga, 19 ta xorijiy rezident korxonalar 1,1 mingdan ortiq kishilarni ish bilan ta’minlash niyatida.

Avvalroq «Kursiv» IT-Park rezident-eksportchilari uchun Zero Risk dasturi ishga tushirilishini yozgan edi. Ushbu tashabbus kompaniyalarga bir yil muddatga davlat binolaridan bepul foydalanish imkonini beradi.

Shuningdek