Janubiy Koreya mikrochip sanoatini qoʻllab-quvvatlash uchun $7 milliarddan ortiq mablagʻ ajratadi

eʼlon qilindi
Mablag‘lar maxsus fond tomonidan boshqariladi
Foto: Unsplash

Janubiy Koreya hukumati mikrochiplar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash uchun 10 trillion vondan ($7,3 milliard) koʻproq mablagʻ ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Le Figaro nashri mamlakat rejalashtirish va moliya vazirligiga tayanib xabar bermoqda.

Mablagʻlar ishlab chiquvchilarga, shuningdek, mikrosxemalar va maxsus jihozlar uchun materiallar ishlab chiqaruvchilarga yordam berish uchun sarflanadi. Pullar davlat muassasalari va xususiy shaxslar tomonidan moliyalashtiriladigan fond orqali boshqariladi.

Janubiy Koreya chiplar bozorida yetakchi hisoblanadi. Dunyodagi ikkita mashhur chip ishlab chiqaruvchi — «Samsung Electronics» va «SK Hynix» ushbu mamlakatda joylashgan. 2023-yilda Seul dunyodagi eng yirik yarimoʻtkazgich zavodini qurish niyati borligini e’lon qildi.

Avvalroq «Kursiv» Hindiston yaqin besh yil ichida yarimoʻtkazgich ishlab chiqaruvchi yirik beshlikka kirmoqchi ekanligini haqida xabar bergan edi.

Shuningdek