Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonga $3,5 milliard ajratadi

eʼlon qilindi
“O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasidagi tashabbuslar uchun
Foto: bworldonline.com

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) «Oʻzbekiston – 2030» strategiyasi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun $3,5 milliard ajratadi. Bu haqda moliya muassasasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tegishli memorandum Oʻzbekiston hukumati va OTB vakillari tomonidan 4–5-may kunlari Tbilisida imzolangandi. Mablagʻlar 2025-yildan 2027-yilgacha boʻlgan tashabbuslar uchun ajratiladi.

Umuman olganda, OTB mamlakatimizga 2024-yil aprelidan $4,2 milliardga yigirmadan ortiq loyihalarni amalga oshirmoqda.

Avvalroq «Kursiv» xalqaro donorlar OTB fondlariga $5 milliard yuborishga rozi boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek