O‘zbekiston fond bozorida mashhur aksiyalarning yarmi arzonlashdi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
"Kursiv" birjadagi savdo natijalari sharhini tayyorladi
Foto: Sinenkiy / www.depositphotos.com

O‘zbekiston fond bozorida o‘tgan hafta davomida yuqori likvidli aksiyalarning yarmi kotirovkalari pasaygan.

Aksiyalari pasayib borayotgan kompaniyalar ro‘yxatidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi (-8,02%) bor. Tashkilot qog‘ozlari hozir 16 ming so‘mga yaqin turadi. Ushbu pasayish AJning choraklik ijobiy hisobotiga qaramay sodir bo‘ldi. «O‘zmetkombinat» AJning oddiy va imtiyozli aksiyalari mos ravishda 3,75 va 0,13 foizga arzonlashdi. Ushbu pasayish kompaniyaning uch oylik moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinganidan keyin kuzatildi.

Bozordagi umumiy pasayish «Ipoteka-bank»ga ham ta’sir ko‘rsatdi. Biroq 2023-yil oxiriga nisbatan emitentning oddiy qimmatli qog‘ozlari 10,1 foizga o‘sdi.

Olmaliq KMKning imtiyozli aksiyalari haftani yashil zonada yakunladi (+16,79%). Kompaniya birinchi chorakni foydaning 4,7 foizga o‘sishi bilan tugadi. «Qizilqumsement» (+7,5 foiz), «O‘zbektelekom» (+1,5 foiz) va boshqa korxonalarda ancha kam o‘sish kuzatildi.

6-may kuni «Toshkent» Respublika fond birjasida birja obligatsiyalarining sotuvga chiqarilishi haftaning muhim yangiligi bo‘ldi. Endilikda emitentlar qimmatli qog‘ozlarni mahalliy kapital bozoriga joylashtirish vaqtini sezilarli darajada qisqartirishi mumkin bo‘ladi. Ammo kompaniyalarga qo‘yiladigan talablar qat’iy.

Shuningdek