O‘zbekiston Qozog‘istonga “Do‘stlik” kanali orqali 922 mln kub metr suv yetkazib beradi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
2024-yilda sug‘orish davrida
Rasm: Vikipedia

O‘zR 2024-yilda sug‘orish uchun «Do‘stlik» kanali orqali QzRga 922 mln kub metr suv yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilish ishtirokchilari Norin-Sirdaryo suv omborlari kaskadining joriy yil sentabr oyi oxirigacha bo‘lgan ish rejasini ham tasdiqladi.

Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi faoliyati bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yil boshidan buyon jamg‘arma boshqaruviga tashkiliy faoliyatni muvaffaqiyatli yakunlagan Qozog‘iston boshchilik qilmoqda.

Shuningdek, ishtirokchi davlatlar Markaziy Osiyoda suv-energetika sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqish ustida ish olib borayotgani qayd etildi.

O‘zR Suv xo‘jaligi vazirligi rahbari Shavkat Hamroyev Amudaryo va Sirdaryoda suv hajmi yuqori darajada bo‘lishini ma’lum qildi.

Shuningdek