Alisher Qodirov: O‘zbek tilini bilmaydigan inson nafaqat davlat xizmatida ishlashi, balki davlat xizmatlaridan foydalanishi ham mumkin bo‘lmay qolishiga erishishimiz kerak

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Siyosatchi Rossiya Davlat Dumasi spikerining so‘zlariga munosabat bildirdi
Rasm: Telegram-kanal commissionuz

 «Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodinning Rossiyaga rus tilini biladigan ishchilar kelishi kerak degan so‘zlariga javob qaytardi.

«O‘zbekistonda yashayotgan barcha millatli vatandoshlar o‘zbek tilini bilishlari shart», deb yozdi oʻzbekistonlik siyosatchi oʻzining Telegram-kanalida.

Boshqa millat fuqarolarining bog‘cha va umumta’lim maktablarida o‘z ona tilini o‘rganishi uchun shart-sharoit yaratish bilan bir qatorda, o‘zbek tilini qonunchilikda majburiy deb belgilash zarur, dedi Qodirov.

«O‘zbek tilini bilmaydigan inson nafaqat davlat xizmatida ishlashi, balki davlat xizmatlaridan foydalanishi ham mumkin bo‘lmay qolishiga erishishimiz kerak», deyiladi uning bayonotida.

Avvalroq «Kursiv» xorijlik fuqarolarga O‘zbekiston Akademiyasi portali orqali o‘zbek tili o‘rgatilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek