Oʻzbekistonda IT-startaplari bir milliard soʻmgacha mablagʻ olishlari mumkin boʻladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Tanlov doirasida
Foto: Unsplash

Oʻzbekiston IT Parki startaplar oʻrtasida tanlov oʻtkazadi. Mukofot miqdori bir milliard soʻmgacha boʻladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kecha, 13-may kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, bu sohada yoshlarni va loyihalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari boʻyicha axborot berildi.

Davlat rahbari IT-startaplar oʻrtasidagi tanlov xuddi «President Tech Award»dagi kabi nufuzli xalqaro kompaniyalar tomonidan baholashni yoʻlga qoʻyish zarurligini ta’kidladi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonning 15 viloyatida yoshlarni oʻqitish uchun IT-shaharlar tashkil etilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek