"So‘nggi qo‘ng‘iroq" qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar berildi
Foto: artfotoss / www.depositphotos.com

O‘zbekistonda «Soʻnggi qoʻngʻiroq» joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi. Maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1, 4, 9, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga koʻra, «Soʻnggi qoʻngʻiroq» tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi: turli restoran va kafelar, xonadonlarda «Bitiruv oqshomlari»ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, ta’lim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi.

Avvalroq «Kursiv» universitetlarda o‘qish uchun davlat grantlarini taqsimlash tizimi o‘zgartirilishini yozgan edi.

Shuningdek