15-maydan uy-joy olish uchun subsidiyaga ariza topshirish boshlandi

eʼlon qilindi
Arizalar 1-noyabrgacha qabul qilinadi
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

Subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024-yilning 15-mayidan 1-noyabriga qadar qabul qilish belgilangan. Bu haqda «2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmonida ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, farmonga muvofiq, 2024-yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar boʻyicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga toʻlanadi.

Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 2024-yilgi Dasturdan boshlab qat’iy belgilangan 30 million soʻm miqdorida toʻlanadi.

Subsidiya olish uchun my.gov.uz portaliga kirib, «Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish» xizmati orqali ariza qoldirish kerak.

Avvalroq «Kursiv» uy-joy subsidiyasini olish uchun qancha daromadga ega boʻlish kerakligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek