Kia kompaniyasi Kia K5 modeli uchun yangi narxlarni e’lon qildi. Unda avtomobil narxi oʻrtacha 11 foizga arzonlashganini koʻrish mumkin. Bu haqda kompaniya saytida e’lon qilindi.
Narxning pasayishi Oʻzbekiston avtomobil bozoridagi ushbu narx segmentidagi yuqori raqobat hamda bu yil ushbu modelda kutilayotgan oʻzgarishlar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Yangilangan narxlar quyidagicha:
Comfort Special – 341 900 000 so‘m;
Luxe Light – 369 900 000 so‘m;
Prestige Special – 409 900 000 so‘m;
Luxe Special – 399 900 000 so‘m;
Prestige Light – 399 900 000 so‘m;
Prestige Special – 427 900 000 so‘m;
Style Light – 437 900 000 so‘m.
Ma’lumot uchun, may oyi boshida kompaniya ushbu model narxlarini oshirgan edi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda yigʻilgan KIA Sonet avtomobillarining narxlarini bilan tanishtirgan edi.