Oʻzbekiston MDH davlatlarida kriptoindustriyani rivojlantirish boʻyicha yetakchi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu fikr Tbilisi "Pioneering Progress" sammiti ishtirokchilari tomonidan bildirildi
Foto: Unsplash

Oʻzbekiston MDH davlatlari orasida kriptoindustriyani rivojlantirish boʻyicha yetakchi hisoblanadi. Bu fikr Tbilisi «Pioneering Progress» sammiti ishtirokchilari tomonidan bildirildi.

Ushbu sammitda Istiqbolli loyihalar milliy agentlik (ILMA) vakillari, shuningdek, Shveysariya, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlardan ekspertlar ishtirok etishdi.

Sammitda mamlakatimizda kripto-aktivlar sohasini tartibga soluvchi qonunchilik bazasi yaratilgani ham ta’kidlandi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasida banklar va kriptokompaniya oʻrtasida oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

15-may holatiga koʻra, Oʻzbekistonda ikkita kriptobirja, uchta kriptodepozitariy va oʻnta kriptodoʻkon faoliyat yuritish uchun litsenziya olgan Toʻrtta kompaniya maxsus rejim ishtirokchilari hisoblanadi.

Ta’kidlash joizki, ILMA Oʻzbekistondagi kapital bozori va bukmekerlar va lotereyalar faoliyati uchun ham javobgar tashkilot hisoblanadi.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yil mart oyida Oʻzbekistonda jamoaviy mayning tartibi belgilangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek