Oʻzbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Amerika Qoʻshma Shtatlarining (AQSh) Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashib, mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni muhokama qildi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva oʻzining Telegram kanalida ma‘lum qildi.
Tomonlar inson huquqlari va soʻz erkinligi mavzulariga toʻxtaldi. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda ingliz tilini oʻqitish dasturlarini amalga oshirish masalasi ham koʻtarildi.
Avvalroq «Kursiv» Mirziyoyeva va Arsenale Group bosh direktori Paolo Barletta oʻrtasidagi uchrashuv boʻlib oʻtgani haqida xabar bergan edi.