«Agrobank» sof foydasi deyarli 49 foizga kamaydi

eʼlon qilindi
Joriy yilning birinchi choragi yakunida
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

2024-yilning yanvar-mart oylarida «Agrobank»ning sof foydasi 33,7 milliard so‘mni tashkil etdi. Ko‘rsatkichlar 2023 yilning shu davriga nisbatan 48,6 foizga kamaydi.

Shu bilan birga, bank aktivlari 22 foizga oshib, 69,9 trillion so‘mga yetdi. «Agrobank» kapitali yiliga 27,5 foiz o‘sish bilan 12 trillion so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning may oyi boshida O‘zbekiston Markaziy banki moliya tashkilotining joylashgan manzili o‘zgargani munosabati bilan «Agrobank» litsenziyasini yangilagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Research O‘zbekiston bank sektorining 2023 yil uchun reytingini tayyorlamoqda. Uni tuzishda asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlardan foydalaniladi: aktivlar hajmi, o‘z kapitali, foyda, kredit portfeli va jismoniy shaxslarning depozitlari.

Bunga moliya institutlari faoliyati samaradorligining uchta mezoni qo‘shiladi: aktivlar va kapitalning rentabelligi, umumiy kredit portfelidagi muammoli kreditlarning ulushi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda qaysi banklar ko‘proq soliq to‘lagani haqida yozgan edi.

Shuningdek