Bozordagi vaziyat: Xitoyda ko‘chmas mulk inqirozi tufayli po‘lat arzonlashmoqda

eʼlon qilindi
Texnologiya aksiyalari narxi oshib bormoqda
Rasm: Shestakov15/Depositphotos

Yil boshidan buyon po‘lat armaturasining jahon narxlari 13 foizga tushdi. Oxirgi 24 soat ichida narxi 1,76 foizga kamaydi. Qotishma mahsulotlari tannarxini pasayishi Xitoy ko‘chmas mulk bozoridagi inqiroz bilan bog‘liq, deya xabar beradi «Trading economics» portali.

Avvalroq Xitoy hukumati mamlakatda uy-joylarning haddan tashqari ko‘pligi bilan kurashishga va’da bergan edi. Bu bayonot mamlakatning eng yirik ishlab chiquvchilari sotuvining 45 foizga kamayishi haqidagi ma’lumotlar fonida qilingan. Natijada paydo bo‘lgan past ichki talab po‘lat armaturasi ishlab chiqaruvchilarni xorijiy mijozlarni izlashga majbur qildi.

Shu bilan birga, Braziliya va Turkiyada Xitoyning po‘lat dempingi bo‘yicha tekshiruvlar boshlandi. Va Amerika Qo‘shma Shtatlari Xitoyda ishlab chiqarilgan qotishma mahsulotlar importiga tariflarni oshirdi. Bularning barchasi kelajakdagi eksportni xavf ostiga qo‘yadi.

Payshanba kuni ertalabki holatga ko‘ra, bir tonna po‘lat armaturasi narxi 3 411 Xitoy yuanini ($472) tashkil etdi.

Qimmatli qog‘ozlar bozorida Apple (+1,60 foiz), Microsoft (+1,63 foiz), Meta (+2,08 foiz), Nvidia (+3,72 foiz) va Visa (+1,30 foiz) aksiyalari o‘sishi kuzatildi. Tesla aksiyalari pasaymoqda (-1,55 foiz).

«Kursiv» 15-may kuni bozorlardagi vaziyat haqida yozgan edi.

Shuningdek