“Freedom Payments” MChJ QK aksiyadorlik jamiyatiga aylanadi

eʼlon qilindi
Фото: Freedom Pay

«Freedom Payments» MChJ QK (Freedom Pay) aksiyadorlik jamiyati (AJ) shakliga o‘tish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qiladi. Ushbu strategik qaror kompaniyaning yanada rivojlanish va bozordagi mavqeini mustahkamlash istagi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yilning noyabr oyida 381-sonli qaroriga ko‘ra, 2024-yil iyul oyi boshidan to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlari faqat aksiyadorlik jamiyati sifatida faoliyat yuritishi lozimligini belgilovchi hujjat imzolagan edi.

1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda barcha to‘lov tizimlari aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) shaklida bo‘lishi kerak.

«Freedom Pay», shuningdek, barcha manfaatdor tomonlarning e’tiborini aksiyadorlik jamiyat maqomiga oʻtish doirasida kreditorlardan yozma talablar qo‘yish imkoniyati ochiq ekanligiga qaratmoqchi.

«Ishonchimiz komilki, “Freedom Pay»ning aksiyadorlik jamiyatiga oʻtishi nafaqat bozordagi mavqeimizni mustahkamlashga, balki barcha manfaatdor tomonlar, jumladan, mijozlarimiz, hamkorlarimiz va aksiyadorlarimiz uchun uzoq muddatli aktivlar yaratishga ham hissa qoʻshadi”, deydi «Freedom Pay Uzbekistan» bosh direktori Nazokat Rashidova.

Freedom Pay — onlayn biznes uchun toʻlov yechimlariga ixtisoslashgan xalqaro kompaniya (toʻlov tashkiloti litsenziyasi OʻzR Markaziy banki 2020-yil 23-aprel №5-son). Kompaniyaning global ta’sir doirasi, to‘lovlar va texnologiyalar bo‘yicha ekspertizasi, tasdiqlangan jarayonlari va ekotizimlarni qoʻllab-quvvatlashi mijozlarga biznesining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda noyob imkoniyatlarni taklif qiladi.

Shuningdek