Gaz va elektr energiyasi narxini oshirish qarorini qabul qilish oson boʻlmadi — Energetika vaziri

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu boradagi ishlar bir yildan ortiq davom etgan
Foto: UzReport YouTube kanali

Gaz va elektr energiyasi tariflarini oshirish boʻyicha qaror qabul qilish jarayoni oson kechmadi. Bu haqda Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov UzReport telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

Mirzamahmudov bu boradagi ishlar bir yildan ortiq davom etganini ta’kidladi. Tariflar jadvali respublikaning turli idoralari bilan muhokama qilindi.

Shuningdek, Energetika vaziri qaror loyihasining ochiq muhokamaga qoʻyilmagani sababini ham tushuntirib berdi. Uning soʻzlariga koʻra, narxlar oshishiga koʻpchilik qarshi chiqqan.

«Koʻpchilik abonentlarning energiya iste’moli ma’lumotlari asosida ijtimoiy normalar darajalari belgilandi. Respublika energetika tizimining investitsion jozibadorligi oshishi kutilyapti. Bu boradagi hamkorlikni davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish rejalashtirilgan», deydi Mirzamahmudov.

Avvalroq «Kursiv» Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekistonda elektr energiyasi va gaz narxi oshishiga izoh bergani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek