Oʻzbekistonda “Raqamli inklyuzivlik” loyihasi ishga tushirildi

eʼlon qilindi
Tashabbusni amalga oshirish uchun Jahon banki $50 million ajratdi
Foto: Nomadsoul1/Depositphotos

Oʻzbekistonda «Raqamli inklyuzivlik» loyihasi ishga tushirildi. Bu haqda «Uzinfocom» matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Raqamli inklyuzivlik» Jahon banki (JB) koʻmagida amalga oshirilib, loyiha 6 mingdan ortiq yosh mutaxassislarni tayyorlash va 25 mingdan ortiq ish oʻrni yaratishga qaratilgan.

Shuningdek, loyiha axborot texnologiyalarini qoʻllab-quvvatlaydigan xizmat koʻrsatish (ITES) markazlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda 200 dan ortiq xorijiy va Oʻzbekiston ITES kompaniyalarini jalb qilishini oʻz ichiga oladi.

Ushbu maqsadlar uchun Jahon banki Oʻzbekistonga $50 million miqdorida kredit ajratdi. Bu haqdagi kelishuv shu yilning aprel oyida Vashingtonda imzolangan edi.

Ta’kidlash joizki, 2024-yilning dastlabki toʻrt oyida mamlakatimizdagi IT-kompaniyalar yillik oʻsish sur’ati 20 foizni tashkil etgan holda jami $200 millionlik xizmatlarni eksport qilgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston IT-xizmatlari eksportini $5 milliardgacha oshirish niyatida ekani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek