Malayziya Bosh vaziri Toshkentga keldi - foto

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘zR prezidenti rasmiy taklifiga binoan
Rasm: prezident matbuot xizmati

17-may kuni, Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyevning rasmiy taklifiga binoan O‘zbekistonga kelgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning uchrashuviga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Malayziya Bosh vaziri Toshkentdagi Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati Anvar Ibrohimga o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov hamrohlik qilganini ta’kidladi.

«Vatanimizning koʻp ming yillik tarixida yuz bergan eng muhim voqealarni oʻzida ifoda etgan ushbu majmua Malayziya delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi», deyiladi bayonotda.

Rasm: O‘zR Bosh vazirining Matbuot kotibi

Eslatib oʻtamiz, Anvar Ibrohim Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida savdo, energetika va iqtisodiyotning boshqa sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish niyatida.

Malayziya hukumati rahbari Samarqand va Buxoroga ham tashrif buyurib, O‘zbekiston – Malayziya biznes forumida ishtirok etadi.

Avvalroq ׅ«Kursiv» O‘zbekistondan amaldorlar malaka oshirish uchun Malayziyaga yuborilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek