Maosh 900 yevro. Oʻzbekistonliklar Slovakiyaga ishga taklif qilinmoqda
1200 nafar oʻzbekistonlik Slovakiyadagi avtomobil zavodiga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Unga koʻra, nomzodlar 18–50 yoshgacha boʻlishi hamda rus tilini yaxshi bilishi talab qilinadi.
Oylik maosh 900 yevroni tashkil qilib, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi.
Roʻyxatdan oʻtgan nomzodlar rus tilidan onlayn test orqali saralab olinadi. Tanlovdan oʻtgan, ish beruvchining talabiga mos keluvchi nomzodlar 4 kundan 7 kungacha amaliy mashgʻulotlarni oʻtaydi.
Mashgʻulot toʻlovlari, ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.
Avtomobil zavodida vaqtincha ishlash istagida boʻlgan fuqarolar 2024-yil 16-maydan 20-may soat 18:00 ga qadar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishi lozim.
Avvalroq «Kursiv» xorijda mehnat faoliyatini olib borilayotgan fuqarolarga bir qancha imtiyozlar joriy qilingani haqida xabar bergan edi.