Oʻzbekistonda bir qator tarixiy filmlar suratga olinadi

eʼlon qilindi
Loyihaga xorijiy mutaxassislar ham jalb qiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekistonda «Tirik tarix» nomli turkum filmlar 2030-yilgacha amalga oshirilishi rejalashtirildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Loyihaga koʻra, sarkarda Amir Temur va Temuriylar sulolasi, qoraqalpoq shoiri Ajiniyoz va milliy davlatchiligimiz tarixida oʻchmas iz qoldirgan Alp Er Toʻng haqida filmlar suratga olish koʻzda tutilgan.

Loyihada chet ellik hamkorlar, xususan, Ispaniya, Germaniya, Vengriya, Rossiya, Belarus, Turkiya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston kabi davlatlarning kino san’ati ustalari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

«Qanchalik qiyin boʻlmasin, biz tom maʼnodagi ulkan, tarixiy bu loyihaning moliyaviy masalalarini hal qilamiz. Nega deganda, ushbu dastur shonli oʻtmishimizni chuqur anglab, shu asosda kelajakka ishonch bilan dadil qadam qoʻyishga, yoshlarni chinakam vatanparvar insonlar qilib tarbiyalab, Uchinchi Renessansni barpo etishga katta turtki boʻladi», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Avvalroq «Kursiv» oʻzbek va turkman kinoijodkorlari shoir Maxtumquli haqida film suratga olishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek