Samarqandda triatlon boʻyicha jahon kubogi boʻlib oʻtadi

eʼlon qilindi
18–19-may kunlari
Foto: Millliy olimpiya qo‘mitasi

18–19-may kunlari Samarqandda triatlon va paratriatlon boʻyicha Jahon kubogi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ) xabar bermoqda.

Musobaqada jahonning eng kuchli 100 nafar kuchli atlet ishtirok etadi. Ular orasida Olimpiya oʻyinlari va jahon chempionatining gʻolib va sovrindorlarini uchratish mumkin. Dasturga koʻra, bahslar Olimpiya masofasida oʻtib, sportchilar 1.5 km suzish, 40 km velopoyga va 10 km yugurish boʻyicha raqobatlashadi.

16-may kuni Samarqandda jahon chempionatiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda soʻzga chiqqan xalqaro ekspertlar Oʻzbekiston triatlon federatsiyasining professional mahorati oshganini taʼkidladi.

Avvalroq «Kursiv» oʻzbek gimnastikachilari jahon chempionatida yettita medal qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek