Toshkent hokimligi «workout» bo‘yicha «Mahalla-battli»ni e’lon qildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Unda har kim ishtirok etishi mumkin
Foto: JackieJoy / Pixabay

Toshkent hokimligi «workout» bo‘yicha «Mahalla-battli»ni e’lon qildi, deb xabar qildi shahar hokimligi matbuot xizmati.

Unda barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun Toshkent hokimligining Instagram’dagi sahifasidan raqib topish kerak.

O‘z natijangizni mobil telefoningizga yozib, Instagram’dagi sahifangizda #ToshkentHokimligi xeshtegi bilan e’lon qilishingiz kerak.

«Workout» — bu ochiq havoda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar to‘plami. Mashqlar o‘z vazningiz bilan ishlashni o‘z ichiga oladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda futbol maydonlaridan nomaqbul foydalanishga chek qo‘yishlari haqida yozgan edi.

Shuningdek