Toshkent ko‘chalaridagi LED ekranlar tekshirilib, me’yoriga keltirishi bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi - video

eʼlon qilindi
Bu haqda Toshkent hokimligi xabar berdi
Foto: Unsplash

Toshkentda yorug‘lik diodli (LED ekranlar) tekshirish boshlandi. Qurilmalarni standartlarga moslashtirish rejalashtirilgan, deya xabar qildi poytaxt hokimligi.

«Ko‘plab haydovchilar va poytaxt aholisi kunning qorong‘u vaqtida Led ekranlardan chiqayotgan yorug‘lik noqulay ekanligidan shikoyat qilishadi. Muammoni bartaraf etish maqsadida tashqi reklama obyektlaridagi yorug‘likni meyoriga keltirishi bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi», deyiladi xabarda.

Mahalliy hokimiyat organlari LED ekranlarning yorqinligi 100 kd/m² dan oshmasligi kerakligini ta’kidladi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentda ko‘chalarni rekonstruksiya qilish boshlanishini yozgan edi.

Shuningdek