Bektemir Chilonzorga eng yomon tuman bo‘yicha peshqadamlikni boy berdi

eʼlon qilindi
“Xalq nazorati” haftalik yakunlarini sarhisob qildi
Rasm: Wikimapia

Toshkent shahar hokimligi tomonidan har hafta Xalq nazorati portali ma’lumotlari asosida e’lon qilinadigan shahar tumanlari yigʻma reytingida Chilonzor tumani eng kam ball toʻpladi. Oʻtgan haftada Bektemir tumani eng yomon tuman deb topilgan edi.

Fuqarolarning shikoyat va murojaatlarini koʻrib chiqishda Uchtepa birinchi oʻrinda turadi. Mirobod ikkinchi oʻrinni egalladi. Shayxontohur uchinchi oʻringa koʻtarilib, Olmazorni toʻrtinchi pogʻonaga tushirdi.

Bir hafta davomida toshkentliklar tomonidan Xalq nazoratiga 1071 ta murojaat va muammolar boʻyicha xabar kelib tushdi. Ijtimoiy tarmoqlar monitoringi natijasida mutaxassislar 1476 ta muammoni aniqladilar. Shundan 1038 tasi ijobiy hal etildi, deya xabar beradi hokimlik.

Rasm: Toshkent shahar hokimligi
Shuningdek