Chevrolet Qozog‘iston bozorida o‘z o‘rnini yo‘qotmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bosh muharrir o‘rinbosari
Hyundai yetakchi
Rasm: depositphotos.com

Aprel oyida Qozog‘iston bozorida 1477 dona yangi Chevrolet avtomobili sotildi, bu o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan qariyb uch baravar kam. Hisob-kitoblarni Qozog‘iston avtomobil ittifoqi amalga oshirdi.

O‘tgan yili oylik savdo hajmi bo‘yicha Chevrolet birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, bu safar Hyundai birinchi o‘rinni egalladi. Qo‘shni davlatda uch mingdan ortiq avtomobil sotilgan. Ushbu brend nafaqat bir oy bo‘yicha, balki yanvar-aprel oylarida ham raqobatchilardan ustun keldi. To‘rt oy davomida 12 mingdan ortiq avtomobillar sotilgan. Chevrolet uchinchi o‘ringa tushdi (4,8 ming), KIA (6,6 ming) ikkinchi o‘rinda. Taqqoslash uchun: 2023-yilning shu davrida Chevrolet’dan 14,3 ming dona avtomobil sotilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning bahor oyining boshida Qozog‘istonda Chevrolet Onix avtomobilining kichik ishlab chiqarishi yo‘lga qo‘yilgan edi.

O‘zbekistonda Chevrolet avtomobillarini ishlab chiqaruvchi mahalliy gigantlar UzAuto Motors hamda Kia, Chery, Haval va Hyundai Truck & Bus kompaniyalari bilan hamkorlik qiluvchi multibrendli ADM Jizzax zavodi ham yuqori faollik ko‘rsatmoqda. Birinchi chorakda ular birgalikda deyarli 85 ming yengil avtomobil ishlab chiqardi, bu o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 56 foizga ko‘pdir.

Biroq O‘zbekistonda avtomobillar savdosi pasaymoqda. «Kursiv» mutaxassislardan sabablarini so‘ragan edi.

Shuningdek