Dzyudochi Diyora Keldiyorova jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi
BAAdagi musobaqa natijalariga ko'ra
Foto: Piqsels

O‘zbekistonlik sportchi Diyora Keldiyorova BAAda o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Chempionlik uchun kurashda yurtimiz vakili italiyalik Odetta Juffridaga imkoniyatni boy berdi.

Eslatib o‘tamiz, Keldiyorova ikkinchi bor jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Avvalroq «Kursiv» dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.

Shuningdek