Yangiliklar

Eron prezidenti halok bo‘ldi

Eronning IRNA agentligi o‘z saytida voqea joyidan olingan suratni e’lon qildi
Foto: IRNA

Eron prezidenti bo‘lgan vertolyot topildi. Vertolyot butunlay yonib ketgan. Eronning IRNA agentligi o‘z saytida voqea joyidan olingan suratni e’lon qildi. Eron prezidentiga hamroh bo‘lganlarning barchasi, jumladan, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyyan vertolyot halokatida halok bo‘ldi, deb xabar beradi Mehr.

Baxtsiz hodisa 19-may kuni sodir bo‘lgan. Eron prezidenti Ibrohim Raisi, shuningdek, mamlakat tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan va Sharqiy Ozarbayjon viloyati gubernatori Oyatulloh Muhammad Ali Al-e-Hoshem Ozarbayjon bilan chegaradagi to‘g‘on ochilishidan qaytayotgan edi. Vertolyot Sharqiy Ozarbayjon viloyatidagi Taval qishlog‘i yaqinida qulagan.

Vertolyotni qidirish ishlari kechadan beri davom etgan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi yordam berishga tayyorligini bildirgan.