O‘zbekiston Eron prezidentini qidirishda yordam berishga tayyor

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Kechadan beri qattiq qo‘ngan vertolyotni qidirish ishlari davom etmoqda
Foto: thenews2.com / www.depositphotos.com

O‘zbekiston qattiq qo‘nishni amalga oshirgan Ibrohim Raisi vertolyotini qidirish bilan bog‘liq vaziyatda har qanday yordam ko‘rsatishga tayyor. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Avvalroq Eron prezidenti Ibrohim Raisi bo‘lgan vertolyot Ozarbayjon bilan chegarada qattiq qo‘nganligi xabar qilingandi.

Davlat rahbari Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuvdan so‘ng qaytayotgan edi. Ular Aras daryosidagi to‘g‘onning ochilishida qatnashdilar.

Kechadan beri vertolyotni qidirish ishlari davom etmoqda. Ammo bunga yomon ob-havo to‘sqinlik qilmoqda.

«O‘zbekiston tomoni zarurat bo‘lishi bilan eronlik do‘stlarimizga barcha yordam ko‘rsatilishiga to‘liq tayyorligini bildiradi», deyiladi TIV bayonotida.

Shuningdek