Hukumatning “Tartibga solish gilyotinasi” usuli orqali 493 ta qarori oʻz kuchini yoʻqotdi

eʼlon qilindi
Bu haqda Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Adliya vazirligi tomonidan tashkil qilingan matbuot anjumanida maʼlum qilindi
Foto: AlexelA/depositphotos.com

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-son qarori bilan «Tartibga solish gilyotinasi» usuli orqali hukumatning 493 ta qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Adliya vazirligi tomonidan tashkil qilingan matbuot anjumanida ma‘lum qilindi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda qonunchilik ma‘lumotlari milliy bazasi – «Lex.uz»da mavjud amaldagi qonunchilik hujjatlarining deyarli 93 foizini qonunosti hujjatlari tashkil etadi.

Shuningdek, har yili qabul qilinadigan 1,5 mingga yaqin qonunchilik hujjatlarining aksariyat qismini qonunosti hujjatlarida normalar bilan birgalikda vaqtinchalik (bir martalik) tashkiliy chora-tadbirlar ham nazarda tutiladi.

Milliy qonunchilik bazasining ortiqcha normativ-huquqiy hujjatlardan xoli boʻlishiga erishish va qonunchilik hujjatlarini maqbullashtirish natijasida tartibga solish yukini kamaytirish maqsadida mazkur hukumat qarori qabul qilingani ta‘kidlandi.

Avvalroq «Kursiv» hukumatning mazkur qarori doirasida Toshkent aeroportini koʻchirishni bekor qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek