Kia Sonet uchun navbatlar olti oygacha choʻzilishi mumkin

eʼlon qilindi
Bu haqda “Kursiv”ga kompaniya vakili maʼlum qildi
Foto: Kia

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan Kia Sonet avtomobillarini mijozlarga yetkazib berish jarayoni olti oygacha choʻzilishi mumkin. Bu haqda «Kursiv»ga kompaniya vakili ma’lum qildi.

Aynan ushbu modelga tuzilayotgan shartnomalar koʻpligi sababli kutish jarayoni koʻproq davom etishi ta’kidlandi.

Kompaniya joriy yilning 1-iyun kunidan Kia Sonet uchun yangi narxlar belgilanishini ma’lum qilgan edi, ya’ni avtomobilning Classic va Prestige pozitsiyasi 10 mln soʻmdan oshiriladi. Bunda 2024-yilning 1-iyuniga qadar tuzilgan va shartnoma shartlariga muvofiq toʻlov amalga oshirilgan barcha shartnomalardagi narxlar oʻzgarishsiz qoladi.

Yangi narxlar quyidagicha:

Classic — 199 900 000 soʻm;

Luxe — 222 900 000 soʻm (oʻzgarishsiz);

Prestige — 249 900 000 soʻm.

Ma’lumot uchun, Kia Uzbekistan kompaniyasida UzAuto Motorsdagi kabi elektron savdo tizimi va navbatlar mavjud emas. Navbatni faqatgina sotuv menejerlari orqali bilish imkoni bor.

Avvalroq «Kursiv» Kia kompaniyasi K5 modeli narxini 11 foizga arzonlashtirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek