Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi maxfiy harbiy ma’lumotlar boʻyicha bitim ma’qullandi
Oʻzbekiston va AQSh Mudofaa vazirliklari oʻrtasidagi maxfiy ma‘lumotlarni himoya qilish toʻgʻrisida qonun loyihasi Oliy Majlis tomonidan ma‘qullandi.
Tomonlar bu haqda oʻtgan yozda Vashingtonda kelishuv imzolagan edi. Hujjat respublikaning mudofaa qobiliyati va xavfsizligini mustahkamlashga yordam beradi.
Senator Ravshanbek Alimov Oʻzbekiston va Amerika kelishuvi mamlakatning amaldagi qonunchiligiga oʻzgartirish kiritishni talab qilmasligini ta‘kidladi.
2022-yilda Vashington mamlakatimizga qariyb $3 millionlik taktik jangovar texnikalari hamda Oʻzbekiston armiyasiga Amerikaning zirhli texnikalari – M-ATV, MaxxPro va boshqa bir qator zirhli texnikalarini taqdim qilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, 2020-yilda Amerika va Oʻzbekiston harbiylari mamlakatimiz poligonlarida harbiy mashgʻulotlar oʻtkazgan edi.
Avvalroq «Kursiv» oʻtgan yil boshida Amerika tomoni Oʻzbekiston DXXga $600 minglik uskuna topshirgani haqida xabar bergan edi.